Bugungi sanada hayotlaridagi unutilmas kun - o‘z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbol ahlini muborakbod etishda davom etamiz.
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, uch yildan beri Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi sharafini muvaffaqiyatli himoya qilayotgan Odil Ahmedov o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Bugun Namangan o‘g‘loni 32 yoshga to‘ldi. Terma jamoamizning yetakchisi haqida ko‘p va xo‘p gapirish mumkin. Futbolchi sifatida katta obro‘ga erishdi, klub miqyosida aytishga arzigulik yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ammo, uning boshqa futbolchilarimiz singari eng katta orzusi hozircha armon bo‘lib qolyapti. Hozirda davom etayotgan JCh-2022 saralash bahslari bugungi qahramonimiz uchun so‘nggi imkoniyat, oxirgi urinish.
- Odil, hamma futbolchi ham professional faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylikni tanlayvermaydi. Ayrimlar umuman boshqa sohaga o‘tib ketishadi. Tasavvur qilaylik, Odil Ahmedovdan kelajakda qanday murabbiy chiqishi mumkin?
- Murabbiylik juda qiyin soha. Bunga hozir guvoh bo‘lyapman. Faoliyatim davomida ko‘plab murabbiylar qo‘l ostida o‘ynadim. Ularga qanchalik qiyin bo‘layotganini ko‘ryapman. Shuni bila turib, murabbiylikni tanlashim noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘ylashimcha, mendan yaxshi murabbiy chiqmaydi. Hozirgi sharoitda murabbiylik sohasini tanlash niyatim yo‘q. Lekin kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Balki vaziyatning o‘zi shunga to‘g‘ri kelib qolar. Ayni paytda bor e’tiborimni futbol maydonidagi faoliyatimga qaratganman.
- Futbolchi bo‘lmaganingizda, qaysi kasb orqali oila tebratishingiz mumkin edi?
- Bu haqda o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Chunki, futbolchi bo‘lmaslikni tasavvur ham qila olmayman. Bolalikdan futbolga qiziqdim va shu kasb orqali non topishni maqsad qilganman.
- Akangiz Yoqub Ahmedov san’at sohasini tanladi va kinoda turli rollar ijro etdi. Tasavvur qiling, Odil Ahmedovni kinoga taklif etishdi...
- Bunga rozi bo‘lmasdim. Sababi oddiy - kinoda rol ijro etish qo‘limdan kelmaydi. Har bir ishni o‘zining professionali bajargani ma’qul.
- Agar sizga taklif etilayotgan rol bevosita futbolchining obrazini talqin etish bo‘lsa-chi?
- Mabodo shunday bo‘lgan taqdirda, buni o‘ylab ko‘rardim. Shu orqali yoshlar futbolga yanada qiziqsa, bundan xursand bo‘laman va shu maqsad uchun ham rol ijro etardim.
O‘z o‘rnida Odil Ahmedovni bugungi tavallud ayyomi bilan uning do‘stlari, ukalari muborakbod etishadi.
Oston O‘runov, "Lokomotiv" yarim himoyachisi:
- Futbolni tanlashimga Odil aka Ahmedov sabab bo‘lganlar. Aynan ularga havas qilib, futbol o‘ynay boshlaganman. Futboldagi ilk qadamlarim Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tashlangan. Qaysidir ma’noda oilaviy muhit ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Bahodir aka degan murabbiyning taklifi bilan Toshkentga keldim. Bu yerda Temur Olimxo‘jayev meni qarshi oldilar. Jiddiy sinov, ya’ni ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tganimdan so‘ng “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladim.
Taqdirni qarangki, menga ham Odil aka o‘ynagan va yulduz darajasiga ko‘tarilgan “Paxtakor” jamoasida o‘ynash baxti nasib etdi. Orzularimdan biri ushaldi. Keyin Respublika olimpiya zaxiralari kollejida taxsil oldim. Ushbu o‘quv maskanida o‘z vaqtida mashhur futbolchilar o‘qishgan, futbol sir-asrorlarini o‘rganishgan. Ular orasida Odil Ahmedov ham bo‘lgan. Menga bu baxt ham nasib etdi. Fursatdan foydalanib, Odil akani tavallud kunlari bilan tabriklayman.
Alisher Ahmedov, darvozabon, Odil Ahmedovning do‘sti:
- Odil har joyda yetakchi, kuchli, irodali futbolchi bo‘lgan. Shu xislati hozir ham bor. Lekin shuncha qobiliyatiga qaramay, maydonda ham, hayotda ham juda kamtarin inson. U bilan Respublika olimpiya zaxiralari kollejida birga taxsil oldik. Odildan tashqari, o‘sha paytda biz bilan birga tahsil olgan futbolchilardan Mirzakamol Kamolov, Muqimjon Toshmatov, Sardor Qobuljonov, Rahmatillo Berdimurodov kabi do‘stlarimizni ham aytib o‘tishim mumkin. Barcha do‘stlarimiz va shaxsan o‘z nomimdan Odilni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etamiz.
Fursatdan foydalanib, biz ham saytimiz ijodkorlari va o‘quvchilari, muxlislari, yaqinlari, qadrdonlari nomidan Odil Ahmedovni bugungi unutilmas kuni bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, orzulari ushalib yurishini tilaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...