18:00 / 26.11.2019
2 529

Shahram G‘iyosovning GFC 20 turniri haqidagi taassurotlari

Shahram G‘iyosovning GFC 20 turniri haqidagi taassurotlari
23 noyabr kuni yurtimizda ilk marotaba MMA borasida jang kechasi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. GFC ning yubiley yigirmanchi turniri yuqori darajada bo‘lib o‘tdi. Mazkur jang oqshomi borasida faqatgina ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Jumladan, ayni vaqtda professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan, havaskorda esa faqatgina havas qilgulik natijalar qayd eta olgan yurtdoshimiz Shahram G‘iyosov ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Juda ham ajoyib tarzda o‘tdi. Tashkilotchilik ham yuqori saviyada bo‘lgan. Jahon MMA va boks yulduzlarining tashrifi esa ushbu jang kechasiga yanada ko‘rk bag‘ishladi. Roy Jonsning sahnaga chiqib, ashula aytishi muxlislarga zavq bag‘ishladi desam yanglishmagan bo‘laman.

Xabib Nurmagomedov, Roy Jons, Jeff Monson, Frenk Mirlar jahon tan olgan sportchilar hisoblanadi. Ularning ijtimoiy tarmoqlarda millionlab muxlislari bor. Barchasi Instagram, Facebook dagi shaxsiy sahifalariga ushbu kechani joylashmoqda. Bu degani butun jahonga yurtimiz haqidagi ijobiy holatlarni, bunday turnirlarni yuqori saviyada o‘tkaza olishini namoyon etadi.

Ayniqsa, turkiyalik oshpaz, internet yulduzi Nusret Gyokcheni tashrifi ham bu borada bir yutuq bo‘ldi deb ayta olaman. Chunki, uning internet olamida qanchalik mashhur ekanligini yaxshi bilsangiz kerak. Aynan shunday omillar yurtimiz imidjini yanada oshiradi.

Turizmni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. O‘ylaymanki, bu hali boshlanishi, vaqti kelib, UFC turnirlari ham O‘zbekistonda o‘tishiga ishonchim komil. Janglar ham bir-biridan qiziq bo‘ldi. Barchasiga omad yor bo‘lishini tilab qolaman!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosovning GFC 20 turniri haqidagi taassurotlari