14:43 / 28.11.2019
2 512

Samvel Babayan: “Eng katta orzularimdan biri «Navbahor”ni chempion qilish»

Samvel Babayan: “Eng katta orzularimdan biri «Navbahor”ni chempion qilish»
Superliga 25-tur doirasidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi. Bu haqda “Navbahor” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Uchrashuv zavq bagʻishladi, juda sifatli oʻyin namoyish etdik. Ammo yuzaga kelgan koʻplab qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lekin jamoamiz oʻyindan - oʻyinga oʻzida ishonch hosil qilmoqda va yigitlar bir-birlarini yaxshi tushunishmoqda. Shunga asoslanib, shuni taʼkidlashim lozimki, “Lokomotiv”da barcha bir maqsad yoʻlida birlashgan, bu esa barcha narsada namoyon boʻlmoqda. Oʻz yigitlarim bilan fahrlanaman va ularga bugungi oʻyin uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

- Oxirgi ikkita oʻyindan buyon Sardor Mirzayev hujumda oʻynayapti. Shu haqda ham toʻxtalib oʻtsangiz...
- Taʼkidlash joizki, Sardor xujumda juda sifatli oʻyin koʻrsata oladi va u har bir pozitsiyada oʻynab keta olishga qodir futbolchi. Biz bugun hammasini puxta oʻylab, variantlarni uygʻunlashtirib, shu qarorga keldik. Sardor hujum chizigʻiga mos oʻyinchi. Mirzayev oʻtgan bahsda ham gol urgandi. Bugungi oʻyinda ham Sardorda yaxshi vaziyatlar boʻldi va koʻplab holatlarda jamoaga yordam berdi. Shuningdek, gʻalaba toʻpini kiritdi. Yana bir marta shuni taʼkidlamoqchimanki, Sardor hujum chizigʻi uchun kerakli futbolchi.

- “Navbahor”ning oʻyini haqidagi fikrlaringiz? Namanganliklardan shunday oʻyinni kutgan edingizmi?
- Albatta, “Navbahor”ning oʻyinlarini yaxshilab oʻrganib chiqdik va toʻpni koʻproq oʻz nazoratimiz ostiga olishimiz kerakligini bilardik hamda bunga erisha oldik. “Navbahor”ning kuchli taraflarini ham oʻrgandik va jamoaning chap tarafdan koʻproq hujum uyushtirishini bilib, shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgandik. Azizbek Turgʻunboyev va Anvar Gʻofurovning chap tarafdan qochib ketishining oldini oldik. Men koʻproq oʻzimizning jamoamiz haqida gapirishni istardim.

Mazkur uchrashuvgacha koʻplab oʻyinlarda durangga erishdik. Bunga esa butun uchrashuv davomida yigitlarning bir xil tempda oʻynay olishmagani, 5-10 daqiqalik boʻshashish oqibatida toʻp oʻtkazib yuborishlari sabab boʻldi.

Anzur Ismoilov va Islom Toʻxtaxoʻjayev kabi himoyachilarga jamoamizda oʻrinbosarlar bormi? Hozirgi kunda ular “Lokomotiv”ning toʻlaqonli aʼzolari va ayni paytda ularni almashtirishga ehtiyoj yoʻq. Ularning yana bir necha yil davomida futbol oʻynashlarini istardim. Albatta, jamoamizda yosh himoyachilar bor. Bundan tashqari, qishda seleksiya ishlari ham jadal davom etadi.

Har bir insonning oʻz orzusi boʻladi. 1996-yilda “Navbahor” chempion boʻlganida shu klubda faoliyat yuritardim. Eng katta orzularimdan biri - bir kun kelib, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida jamoani Oʻzbekiston chempioni qilish.

- 2020-yilgi mavsumga qanday rejalaringiz bor?
- Kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirish, yaxshi natijalarga erishish va yigitlarni gʻoliblik ruhida tarbiyalash.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: “Eng katta orzularimdan biri «Navbahor”ni chempion qilish»