“Dinamo” - “Surxon” (2:1) uchrashuvidan soʻng mezbonlar murabbiyi Tachmurod Agamurodov jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Oʻylaymanki, yigitlarimiz juda katta ishtiyoq evaziga gʻalaba qozonishdi. Orqaga yoʻl yoʻq edi. Meni quvontirayotgani, jamoa tobora oʻz oʻyinini topayotganligidir. Toʻgʻri, Bekobodda yirik magʻlubiyatga uchragandik, ammo aslida bunga munosib emasdik. Bugun esa yigitlar oxirigacha kurashishdi. Fikrimcha, biz toʻgʻri yoʻldamiz.
- Tarkibda katta oʻzgarishlar kuzatildi. Aʼlamxonov, Nasimov, Ergashev maydonga tushmadi. Bu soʻnggi oʻyindagi yirik hisob bilan bogʻliq edimi?
- Botirali jarohati bois bizga yordam bera olmadi. Shunga qaramay, bugun maydonga tushgan barcha futbolchilarimiz oxirigacha bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, gʻalaba qozonishdi.
- Bugun “Dinamo”da ruhiy tayyorgarlik juda kuchli boʻlganligini koʻrdik, jamoa ajoyib oʻyin namoyish etib, oʻz vaqtida oʻyinga qayta oldi va gʻalaba qozondi. Keyingi oʻyinda “Nasaf” bilan juda muhim uchrashuv kutib turibdi...
- Bizda Superligada qolish uchun imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurash olib boramiz. Yigitlarimiz ham barchasini tushunib turishibdi. Imkoniyat bor ekan, biz kurashishda davom etamiz. Soʻnggi tur biz uchun ham, boshqalar uchun ham juda muhim.
- Siz oʻzbek futbolida sovrinlar yutishga oʻrgangan murabbiysiz. Aytingchi, jamoani ligada olib qolish vazifasi ham sizga qandaydir motivatsiya bera oladimi?
- Bilasizmi, 2015-yilda juda ogʻir vaziyatda ikkinchi davrada “Buxoro” jamoasini ligada olib qolganim, men uchun chempionlikdan ham muhimroq edi. Chunki, oʻshanda biz imkoni yoʻqdek koʻringan ishni amallagandik. Bu safar endi “Dinamo”ni olib qolishga intilamiz. Agar, “Dinamo”ni ligada olib qolsak, bu shaxsan men uchun juda qimmatli gʻalaba boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...