Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi ustozi Valeriy Karpin Rossiya premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Ural”ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoada kayfiyat yaxshi. Albatta, so‘nggi o‘yinlarda ko‘proq ochkolarni qo‘lga kiritishni xohlagandik. Endi bu o‘yinlardagi kamchiliklarimizni alohida o‘rganib chiqishimiz kerak.
Muxlislarga minnatdorchilik bildirish barobarida ulardan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolaman. Barcha omadsizliklar va mag‘lubiyatlar – mening aybim. Muxlislar futbolchilar bilan bo‘lsin. Nima bo‘lgan taqdirda ham yigitlar 500% harakat qilishadi. Ularga sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va muhabbatingiz zarur”, - deydi Karpin.
Eslatib o‘tamiz, "Rostov" - "Ural" uchrashuvi ertaga 30 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. Rostovliklar ayni damda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda borishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi