
Xabaringiz bor, "Lokomotiv" klubi ustozi Samvel Babayan Xitoyning "Chanchun Yatay" klubi bilan shartnoma tuzdi.
"Temiryo‘lchilar" rahbariyati ayni paytda yangi bosh murabbiy izlamoqda. Eshitishimizga qaraganda Babayanning o‘rnini Maksim Shatskix yoki Ulug‘bek Baqoyev egallashi kutilmoqda.
Ulug‘bek Baqoyev bu yil 5-turda "So‘g‘diyona" bosh murabbiyiga aylangan va chempionatda klub bilan birga 4-o‘rinni egalladi.
Maksim Shatskix esa shu yilning avgust oyiga qadar Kiyevning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevichga yordam berayotgan edi. 14 avgust kuni Kiyev klubi rahbariyati Xatskevich boshchiligidagi murabbiylar shtabini iste’foga chiqargan edi. Shundan buyon Shatskix ishsiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar