2 210
Andrey Shipilov: Bu mavsum jamoalar soni oshirilgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi mavqeimizni saqlab qoldik
“Metallurg” – “Surxon” (2:0) jamoalari uchrashuvidan so‘ng mezbonlar jamoasi ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Xalqimizda bir naql bor: jo‘jani kuzda sanaymiz, degan. Futbolga yo‘naltirsak, ochkolarni kuzda sanaymiz. Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Kech kuz bo‘lishiga qaramasdan maydonning holati qoniqarli. Kuchli shamol o‘yin sifatiga biroz ta’sirini ko‘rsatdi. Birinchi taym u bizning foydamizga xizmat qildi. Raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol etdik. Har ikkala golni betakror bo‘ldi, deyish mumkin. Butun taym davomida raqibga boshni ko‘tarish imkoniyatini bermadik. To‘p uchun barcha yakkakurashlarda, ta’qibda g‘olib chiqdik. Yigitlar ruhan juda ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surishdi. Barcha jabhalar bo‘yicha raqibdan ustunlik qildik.
Ikkinchi taymda esa ratsional kuch sarflab, hisobni saqlab qolishga o‘ynadik. Bundan tashqari bu taymda shamolning yo‘nalishiga qarshi to‘p surish oson bo‘lmadi. Eng asosiysi yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni bekamu ko‘st ado etishdi. So‘nggi uchta turda biz o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qololdik. Raqib darvozasiga esa yettita to‘p kiritdik. O‘ylaymanki, bu yomon ko‘rsatkich emas. Yigitlardan ta’tilga ko‘tarinki kayfiyatda chiqib ketishlarini so‘ragandim, ular esa ko‘rsatmalarni aniq bajarishdi, bundan xursandman.
Ketma-ket ikki mavsumdan buyon chempionatni beshinchi o‘rinda yakunlayapmiz. Bu yil jamoalar soni ikkitaga oshgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi mavqeimizni saqlab qoldik. Bu esa bizning to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanayotganligimizni isbotlaydi. Hamisha yutuqlar bor joyda kamchiliklar ham bo‘ladi. Biz ularni takrorlamay, bartaraf etib boramiz. Imkon darajasida har mavsum ko‘rsatkichlarimizni yaxshilab, bir, ikki pog‘ona yuqorilashda davom etamiz, - dedi Andrey Sergeyevich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...