
Foto: Twitter
Saytimizda xabar berganimizdek, -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqqan Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) Vashingtonda bo‘lib o‘tgan UFCdagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitni (15-9, 10 KO) dahshatli nokautga uchratgan edi.
Uch raundga mo‘ljallangan jangning so‘nggi raundida Mahmudning kuchli zarbasidan raqibi nokautga uchradi va o‘zbekistonlik sportchi muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu UFC ESPN 7 musobaqasining eng yaxshi qatnashchilari aniqlandi. Unga ko‘ra, Mahmud Murodovga kechadagi eng yaxshi ishtirok uchun gonorardan tashqari qo‘shimcha mukofot pullari ham berilgan, ya’ni hamyurtimiz yana 50 ming dollar mukofot puliga ega bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar