Bugun Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi start oldi. Yilning so‘nggi nufuzli musobaqalaridan birida sayyoramizning eng kuchli polvonlari g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Shubhasiz, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham g‘oliblik uchun kurashadi. Sizlarni Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqa atrofidagi qiziqarli ma’lumot va faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz:
Terma jamoamiz ishtirokchilar soni bo‘yicha kuchli uchlikda
Shubhasiz, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari har bir musobaqada yetakchilar qatorida tilga olinadi. Bu musobaqada ham vakillarimiz asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda va g‘oliblik uchun bahs olib boradigan vakillarimiz soni 11 nafarni tashkil qiladi. Bu Xitoy (20) va Janubiy Koreya (16) terma jamoalaridan so‘ng uchinchi ko‘rsatkich demakdir.
Adhamjon Ergashev o‘z vaznini o‘zgartiradi
Musobaqaning kutilmagan jihatlaridan biri mahoratli sportchimiz Adhamjon Ergashev ushbu musobaqada -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etishi bo‘ldi. Ma’lumki, vakilimiz -67 kg. toifada ishtirok etib kelardi va ushbu vaznda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini deyarli naqd qilib qo‘ygan. Murabbiylar shtabining mazkur qarori esa ko‘pchilikni taajjublantirdi.
Negaki, bu vaznda Olimpiada reytingida yettinchi pog‘onani egallab turgan Doston Yoqubov ishtirok etib kelar edi. Demak, Jahon kubogida Ergashev va Yoqubov yelkma-yelka yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ularning asosiy raqibi esa, shubhasiz, musobaqa mezbonlari bo‘ladi.
Jahon kubogida vakillarimiz ishtirok etadigan taqvim:
10 dekabr:
-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
11 dekabr:
-55 kg: Muattar Nabiyeva va Nigora Abdullayeva
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-64 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-71 kg: Nigora Suvonova
12 dekabr:
-81 kg: Tursunoy Jabborova
-109 kg: Akbar Jo‘rayev
+87 kg: Dolera Davronova
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...