11:40 / 11.12.2019
2 169

«Napoli» Anchelottini iste’foga chiqardi

«Napoli» Anchelottini iste’foga chiqardi
Foto: BBC Sport
«Napoli» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
«Klub prezidenti Aurelio De Laurentis va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi do‘stona munosabat va o‘zaro hurmat o‘zgarmaydi», - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

60 yoshli italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi so‘nggi o‘yin - Chempionlar ligasi 6-turidagi «Napoli» - «Genk» (4:0) uchrashuvidagi g‘alaba bilan Neapol klubi YeChL guruh bosqichidan pley-offga yo‘llanma olgandi. Uchrashuvdan keyin Anchelottining iste’foga chiqarilgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, «Napoli» Italiya A Seriyasida 7 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya qayd etib, turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketgandi.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti «Napoli»da 2018 yilning may oyida ish boshlagandi. Uch yillik shartnomaga qaramay, italiyalik tajribali mutaxassis qoniqarsiz natija va klub ichki muhitidagi salbiy vaziyat sababli klubni muddatdan oldin tark etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Napoli» Anchelottini iste’foga chiqardi