Toshkentning «Bunyodkor» klubi yarimhimoyachisi Shohruh Gadoyev faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettiradi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Keshla» jamoasi qishki transferlar kampaniyasini boshladi. Tarlan Axmedov murabbiyligidagi klubning dastlabki yangi futbolchisi o‘zbekistonlik futbolchi Shohruh Gadoyev bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi yarimhimoyaning ikki qanotida ham to‘p suradi, milliy jamoasi safida 12 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan. Gadoyev so‘nggi klubi «Bunyodkor» safida ham 10 o‘yinda bitta gol kiritgan. «Bunyodkor»gacha esa Shohruh bir yil davomida Janubiy Koreyaning «Tedjon Sitizen» klubida to‘p surgan. O‘zbekistonlik futbolchi «Keshla» bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi» - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, «Keshla» klubi Ozarbayjon Premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumi birinchi qismini 8 jamoa orasida 3-o‘rinda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Bokuning «Keshla» (sobiq «Inter») jamoasida 2018 yilgi mavsumda yana bir hamyurtimiz Bahodir Nasimov to‘p surgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...