Joau Felish - «Golden Boy-2019» sohibi

Foto: Getty Images
«Atletiko» futbolchisi Joau Felish «Tuttosport» talqiniga ko‘ra, Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan «Golden Boy-2019» sovriniga ega chiqdi.
Italiya nashri tomonidan 2003 yildan buyon, an’anaviy tarzda 21 yoshgacha bo‘lgan Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan sovringa 20 yoshli portugaliyalik futbolchi munosib ko‘rildi. U so‘rovnomada «Borussiya» Dortmund klubi yarimhimoyachisi Jeydon Sanchodan ko‘proq ovoz to‘pladi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxati:
1. Joau Felish («Atletiko»/«Benfika») – 332 ochko
2. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 175
3. Kay Xaverts («Bayer») – 75
4. Erling Holand («RB Zalsburg») – 74
5. Matteys de Ligt («Yuventus») – 71.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil ushbu sovrin «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligtga nasib etgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Atletiko» futbolchisi Joau Felish «Tuttosport» talqiniga ko‘ra, Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan «Golden Boy-2019» sovriniga ega chiqdi.
Italiya nashri tomonidan 2003 yildan buyon, an’anaviy tarzda 21 yoshgacha bo‘lgan Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan sovringa 20 yoshli portugaliyalik futbolchi munosib ko‘rildi. U so‘rovnomada «Borussiya» Dortmund klubi yarimhimoyachisi Jeydon Sanchodan ko‘proq ovoz to‘pladi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxati:
1. Joau Felish («Atletiko»/«Benfika») – 332 ochko
2. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 175
3. Kay Xaverts («Bayer») – 75
4. Erling Holand («RB Zalsburg») – 74
5. Matteys de Ligt («Yuventus») – 71.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil ushbu sovrin «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligtga nasib etgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…