
Transfermarkt portali 2019 yil yakunlariga ko‘ra futbolchilarning yangi transfer narxlarini baholadi.
Unga ko‘ra, nashr mutaxassislari «Rostov» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxini 6,5 million yevroga baholagan. Eldorning bahosi sentabr oyida 2,5 million yevro edi, bu safar esa 4 million yevroga qimmatladi.
Natijada Eldor Shomurodov «Rostov» klubining eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.
Keyingi o‘rinlarda «Rostov»ning yana ikki futbolchisi – Matias Normann (6 million yevro) va Aleksey Ionov (4,5 million yevro) joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar