AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoa bilan yangi shartnoma imzolagach klub axborot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.
— "Avvalambor klub rahbariyatiga bildirilgan ishonch uchun tashakkur. O‘tgan mavsum jamoamizning birinchi davradagi ishtirokidan keyin tegishli xulosalar chiqarib, mavsumni ikkinchi qismida vaziyatni yaxshi tarafga o‘ngladik. Davralar oralig‘idagi tanaffusdan keyin jamoaning ichki muhiti yaxshilandi va bu o‘yin hamda natijalarda ham yaxshi taraflama aks etdi. O‘zaro o‘yin ko‘nikmasi hamda tushunchasi shakllandi.
Ayni paytda AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida. O‘tgan mavsumda boshlagan ishimizni yangi yilda ham davom ettirib, jamoaviy o‘yinni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha jiddiy ishlaymiz. Maqsad AGMKni yuqori darajaga olib chiqish. Katta ishlar asta-sekinlik amalga oshiriladi. Dastlabki yilgi xato yoki kamchiliklar yangi mavsumda muvaffaqiyat qozonishimiz uchun tegishli xulosalarni berishi mumkin.
Xudo xohlasa yangi mavsumda Olmaliq shahri hamda jamoamiz muxlislarini xursand etish uchun qattiq ishlaymiz. Shu o‘rinda doimo jamoamiz uchun qayg‘urib, bizga dalda bo‘lib kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Aynan ularning olqishi AGMK jamoasining katta maqsadlar yo‘lidagi mashaqqatli ishini osonlashtiradi", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Mirjalol Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi