
Rossiyaning "Rostov" klubi qishki transferlar davrida birdaniga 4 nafar legioner futbolchisini sotib yubormoqchi.
Rostovliklar himoyachi Ragnar Sigurdsson bilan shartnomani bekor qilishmoqchi. Aytish kerakki, bundan avvalroq islandiyalik futbolchining o‘zi jamoadan ketganini e’lon qilgan edi.
Bundan tashqari "Rostov" agar yaxshi taklif tushsa Born Sigurdarson, Anton Saletros va Vidar Kyartanssonlarni ham sotib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Rostov” hamyurtimiz Eldor Shomurodovni ham sotib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Rostov” ayni damda Rossiya premer-ligasida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar