Foto: TransferMarkt China
Toshkentning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning «Shenyang Urban» klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda Xitoyning «TransferMarkt China» saytining tvitterdagi sahifasi xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning «Shenyang Urban» klubi tarixidagi ilk xorijlik futbolchiga aylandi.
«Shenyang Urban» jamoasi yakunlangan mavsumda Xitoy 2-ligasi g‘olibi sifatida, Xitoy 1-ligasiga yo‘llanma oldi va bu mavsumda Xitoy Superligasiga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev «Lokomotiv» safida 2012 yildan 2019 yilga qadar to‘p surib, 8 yil davomida O‘zbekiston chempionatida 192 o‘yinda 19ta golga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Xitoyda o‘zbekistonliklardan Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» klubi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, Samvel Babayan Xitoy 1-ligasida «Chanchun Yatay» klubini boshqarmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?