MVSK armiya klubining taklifiga binoan 28 dekabr kuni icehockeypro.com xokkey tashkilotining xalqaro rivojlanish bo‘yicha menejeri Mixail Istomin Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Martabali mehmon poytaxtimizdagi "Humo-Arena" muz saroyiga tashrif buyurib, u yerda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi Bosh kotibi Shukurullo Karimov bilan uchrashdi.
Tomonlar birgalikda ishlashga kelishib olishdi va AQSH va Kanadadagi klublarni o‘z ichiga olgan Milliy Xokkey Ligasi (National hockey league) jamoalarining tashrifi bo‘yicha muzokara olib borishdi.
Ma’lumot uchun, IceHockeyPro asoschisi va bosh murabbiyi "Pitsburg Pingvinz" MXL jamoasi bilan ikki bor Stenli kubogini qo‘lga kiritgan Maksim Ivanov sanaladi. Mazkur tashkilot jahonning 15 mamlakatida xokkey bo‘yicha yuqori darajadagi o‘quv-yig‘inlarini tashkil etib keladi.
Shuningdek, Maksim Ivanov NHL (AQSH va Kanada), KHL (Rossiya, Latviya, Belarus, Qozog‘iston, Finlyadniya, Xitoy), SHL (Shvetsiya), Liga-SM (Finlyandiya) ligalaridagi yetakchi xokkeychilar bilan ham shaxsan hamkorlik qilib keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining armiya xokkey klubi (MVSK) 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, klub 7 dekabr sanasida "Humo" jamoasiga qarshi birinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazgan. Mazkur bellashuvning asosiy vaqti "armiyachilar"ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lsa, bullitlar seriyasida "Humo" xokkeychilari aniq harakat qilishgan - 2:1. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?