2 707
Husniddin Aliqulov: Biz musobaqaga o‘z unvonimizni munosib himoya qilish, Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadida boryapmiz
8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmalar taqdim etuvchi mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi.
Terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov musobaqaga tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi rejalar xususida O‘FA rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
- Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Yil davomida har oy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi, o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Ancha yaxshi saviyadagi raqiblar bilan o‘yinlar o‘tkazdik.
Osiyo chempionatida oson bo‘lmagan guruhdan o‘rin olganimiz bor gap. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. To‘g‘ri, ular kuchli, lekin biz ham hech bir jabhada osonlikcha imkoniyatni boy bermaymiz. Qolaversa, Janubiy Koreya hamda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishga ham ulgurdik. Raqiblar haqida yetarlicha tasavvur va ma’lumot bor.
Jamoamizda ichki muhit juda yaxshi. Yigitlarda kayfiyat va shijoat a’lo darajada. Biz musobaqaga avvalo o‘z unvonimizni munosib himoya qilish, Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadida boryapmiz.
Muxlislarimiz bizga ishonib, qo‘llab-quvvatlab turishsa, ularni xursand qilish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz, - dedi mahoratli futbolchi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin