00:05 / 02.01.2020
2 627

Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Qatar bilan o‘yin yaxshi dars bo‘ldi"

Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Qatar bilan o‘yin yaxshi dars bo‘ldi"
Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Biz bilan bir guruhda bahs olib boradigan Eron U-23 terma jamoasi yaqinda Qatar olimpiya terma jamoasiga o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib 2:2 hisobini qayd etdi.

Eronliklar birinchi taymda Reza Shekari va Mehdi Gayedi tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, biroq tanaffusdan so‘ng o‘z darvozalaridan ikkita to‘p o‘tkazib yuborishdi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Hamid Estili o‘yindan keyin shunday dedi: "Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Qatar bilan kechgan uchrashuv biz uchun o‘ziga xos dars bo‘ldi. Bu o‘yin orqali biz O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi bahs oldidan futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik".

"Qatarga qarshi ham hujumkor, ham himoyaviy futbol namoyish etdik. O‘yinda Qatarning ikki futbolchisiga qizil kartochka berildi, lekin biz ularning maydondan chiqib ketmasligini xohladik. Maqsadimiz Qatarning to‘liq tarkibiga qarshi o‘z kuchimizni tekshirib olish edi".

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo chempionatidagi O‘zbekiston - Eron uchrashuvi 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Navbatdagi U-23 Osiyo chempionatida kurash Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechadi va yakunda kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlariga yo‘l oladi.

Eron 1976 yildan beri Olimpiada o‘yinlariga chiqa olmayapti. Biz esa umuman ishtirok etmaganmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Qatar bilan o‘yin yaxshi dars bo‘ldi"