date

"Surxon" yana ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Surxon" yana ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
O‘tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida sardor sifatida o‘tkazgan Jaxongir Mehmonov bu mavsumda "Surxon" sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi

Shuningdek, termizlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan darvozabon Akbar To‘rayev ham "Surxon" tarkibiga kelib qo‘shildi. Har ikki futbolchi jamoa bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekishdi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Andreyev boshqaruvidagi jamoa bunga qadar tarkibdagi 7 futbolchi bilan shartnomani uzaytirgan va rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyanni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Surxon" yana ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi