Xabaringiz bor, joriy yilning 8-26 yanvar kunlari Tayland davlatida U-23 Osiyo chempionati start oladi. Bu musobaqaning eng ahamiyatli jihati shundaki, unda 2020 yilning yozida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar taqdim etiladi.
Ushbu musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida olib borib, kecha 1 yanvar kuni Tayland davlatiga yetib borishdi.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz BAAdagi yig‘in doirasida 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib, ularning barchasida ishonchli tarzda g‘alaba qozonishdi. Ushbu yig‘in yakunida Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkib aniqlab olindi.
Endilikda musobaqa oldidan yakuniy o‘rtoqlik o‘yini 3 yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng hamyurtlarimiz musobaqa doirasidagi birinchi va ikkinchi tur o‘yinlarini o‘tkazadigan Songxla shahriga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qit’a chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?