
AGMK mahoratli futbolchi, yarim himoyachi, qanot vingeri — Sanjar Tursunov bilan kelishuvga erishdi va yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qilish uchun shartnoma imzoladi.
Sanjar Tursunov O‘zbekiston MTJdagi faoliyati orqali ko‘plab muxlislarda iliq taassurot qoldirgan futbolchi. Tajribali futbolchi o‘zining yorqin o‘yinlari orqali AGMK futbol jamoasi g‘alabalariga hissa qo‘shib, jamoa yutuqlari yo‘lida mehnat qiladi va muxlislar olqishiga sazovor bo‘ladi.
Sanjar Tursunov faoliyati davomida Rossiya Premer-ligasi, Ukraina Premer-ligasi, Qatar yulduzlar ligasi hamda Janubiy Koreya chempionatlarida to‘p tepgan. O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Bunyodkor»da o‘tkazgan futbolchi erkin agent sifatida klub bilan shartnoma imzoladi.
Sanjar TursunovAGMK FutbolchisiO‘zbekiston MTJFutbol JamoasiTajribali FutbolchiMuxlislar Olqishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar