18:18 / 04.01.2020
2 250

Cho‘ldagi titanlar. O‘z ligasi darajasidan balandroq 7 jamoa

Cho‘ldagi titanlar. O‘z ligasi darajasidan balandroq 7 jamoa
Shunday jamoalar bo‘ladiki, ular o‘z ligasida gegemonlikni o‘rnatgan, qolgan jamoalar ularga shunchaki qarshilik qila olmaydilar. Keling shunday jamoalarning 7 tasi bilan tanishamiz.

“Pari Sen-Jermen” (Fransiya)
Ha, PSJ muntazam ravishda Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqmoqda, lekin nufuzli sovrinni yutish nasib etmayapti. Albatta, PSJning bu ro‘yxatda turishi sal taajubga solishi mumkin, ammo parijliklar Fransiya chempionatida boshqa jamoalarga qaraganda ustunroq.

Fransiya chempionati qit’adagi eng yaxshi chempionlatlardan biri. Ammo baribir qiziqarlilik borasida Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya chempionatlaridan keyingi o‘rinda turadi. Undan tashqari Liga 1 da PSJga raqobat qiladigan jama topilmayapti. Oxirgi ikki mavsumdan beri parijliklar turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisidan 10 ochko oldinlab ketgan holda chempionlikni nishonlayapti.

PSJ rahbariyati jamoa uchun juda ko‘p pul sarflashadi. Nafaqat ichki chempionatda gegemonlik qilish uchun, Yevropa arenalarida ham raqobatbardosh jamoa shakllanishi uchun ham. Butun diqqat Chempionlar ligasiga qaratilgan. Balki, “Monako”, “Lion”, “Marsel” kabi jamoalar stabillikni saqlashganida PSJ ichki chempionatga ham e’tiborini qaratgan bo‘lardi.

“Srvena Zvezda” (Serbiya)
UYEFA koyeffitsiyentlariga ko‘ra Serbiya ligasi 18 o‘rinda turadi. To‘g‘ri, yuqori darajadagi ligalardan ancha pastda turadi, ammo hurmatga sazovor ligalardan biri hisoblanadi. Umumiy hisobda, Serbiya mustaqilligidan keyingi o‘tkazilgan chempionatlarni barchasini hisoblasak, “Partizan” yaqqol liderga aylanadi. O‘tgan asrda Serbiyaning eng yaxshi jamoasi edi “Partizan”. Lekin ahvol hozir o‘zgargan. Hozirda yetakchi “Srvena Zvezda”. Oxirgi 2 yillikda aynan “qizil-oqlar” chempionlikni boshqalarga bermayapti.

“Srvena Zvezda” bu mavsumda ham champion bo‘lishga asosiy da’vogar. Chempionliklar borasida “Partizan”ga yaqinlashib qoldi. Qishki ta’tilga “Zvezda” “Partizan” jamoasidan 11 ochko oldinlab ketgan holda chiqishdi.

Chempionlar ligasida ham “Bavariya”, “Tottenxem”, “Olimpiakos” kabi jamoalar bilan bitta guruhga tushgandi. Bu ham bir tajriba bo‘ldi ularga. Guruhda oxirgi o‘rinni egalladi va yevrokuboklarsiz qoldi.

“Slaviya” (Chexiya)
Chexiya tarixidagi eng sovrindor klub “Sparta” hisoblanadi. Ular 12 marta chempionlikni nishonlagan. Lekin oxirgi marta bu jamoa 2014 yil chempionlikni nishonlagan. 2018/2019 yilgi mavsumda esa “Slaviya” Chexiyada triumfatorga aylandi. Chempionlar ligasi saralashida esa “Kluj” jamoasini yengib o‘tib guruh bosqichiga yo‘l oldi. U yerda esa “O‘lim guruhi”ga tushdi. “Barselona”, “Inter”, “Borussiya Dortmund” kabi jamoalar bilan bitta guruhga tushgach, pley-off haqida o‘ylashdan foyda yo‘q edi. Guruhda oxirgi o‘rinni egallagan bo‘lsada, chexiyaliklar ikki marta Yevropa futbolini hayratga solishga erishdi. “Inter” va “Barselona” bilan durrang natija chexiyalik muxlislarni xursand qilgani aniq.

Joriy mavsumda ham “Slaviya” ichki chempionatda shak-shubhasiz yetakchi. Qishki ta’tilga esa eng yaqin ta’qibchisidan 16 ochko oldinlab ketgan holda chiqdi. Yaqin yillar ichida “Slaviya”ga raqobatdosh jamoa chiqmayapti Chexiyada.

“Seltik” (Shotlandiya)
Oxirgi 8 mavsumdan buyon Shotlandiyada “Seltik”ka raqobatchi topilmayapti. Bir paytlar “Reyndjers” unga raqobatchi edi. Ammo “Reyndjers”ning inqirozi “Seltik”ni Shotlaniyada gegemon bo‘lishini ta’minladi.

Joriy mavsumda ham “Seltik” ichki chempionatda yetakchi. Yevropada ham Chempionlar ligasi pley-offiga chiqa olmagan bo‘lsa ham, Yevropa ligasiga yo‘l oldi. “Reyndjers” ham bu turnirda ishtirok etishini hisobga olsak, eski raqiblarning yangi raqobatini kuzatishimiz mumkin.

“Dinamo” (Xorvatiya)
Xorvatiya chempionatida oxirgi 14 ta chempionlikning 13 tasi Zagrebning “Dinamo”siga tegishli. Aynan shu jamoa cho‘ldagi titanga o‘xshaydi. Yaqin yillar ichida unga raqib bo‘ladigan jamoa topilmayapti Xorvatiyaning o‘zida.

Joriy mavsum Chempionlar ligasida “Manchester Siti”, “Shaxtyor”, “Atalanta” kabi jamoalar bilan bir guruhga tushdi. Aytish mumkinki, dinamoliklar yomon qatnashmadi turnirda. Ayniqsa, mavsum startida. Jamoa tarkibida iste’dodli futbolchilar bisyor. Qishki transferda bir qancha Yevropa jamoalari bu futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishadi. Har doimgi ssenariy takrorlanadi, “Dinamo” yosh va talantli futbolchilarni yetishtiradi, grand jamoalar esa ularni olib ketadi.

“Red Bull Zalsburg” (Avstriya)
Avstriyaning eng sovrindor jamoasi “Rapid” hisoblanadi. Jamoa hisobida 32 ta chempionlik mavjud. Lekin oxirgi marta 2008 yilda chempion bo‘lgan edi. 2005 yilda esa Red Bull kompaniyasi “Zalsburg” jamoasini sotib oldi.

Oxirgi 6 yilda “Red Bull Zalsburg” Avstriyaning gegemoniga aylandi. Ketma-ket 6 mavsumdan buyon chempion bo‘lib kelmoqda. Joriy mavsumda ham “Zalsburg” Avstriyada yetakchi. Chempionlar ligasida esa “Liverpul”, “Napoli”, “Genk” kabi jamoalar bilan bir guruhdan joy oldi va 3 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bahorda Yevropa ligasida ishtirokini davom ettiradi.

“Shaxtyor” (Ukraina)
Oxirgi inqirozidan so‘ng “Shaxtyor” yana Ukrainada gegemonligini o‘rnatish uchun harakat qilishni boshladi. Hozirgi Ukraina chempionati 7 yil oldingidek kuchli emas. U paytlarda “Shaxtyor”, “Dinamo”, “Dnepr”, “Metallist” kabi jamoalar chempionlik uchun kurashardi. Oxirgi 2 jamoa Ukrainaning futbol xaritasidan o‘chirilgan bo‘lsa, “Dinamo” hozirda og‘ir damlarni boshidan kechirmoqda.

Siyosiy jarayonlardan keyin o‘ziga kelgan “Shaxtyor” rahbarlari yosh va ite’dodli futbolchilar transferiga jiddiy e’tibor qarata boshladi. Asosan braziliyalik futbolchilarni sotib olish bilan shug‘ullanishmoqda. Tete, Markos Antonio, Dodo va Sipriano kabi futbolchilar bunga misol.

Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Cho‘ldagi titanlar. O‘z ligasi darajasidan balandroq 7 jamoa