2 587
"Bunyodkor" va "Qo‘qon-1912" klublari o‘rtasidagi shov-shuvli 2 oyga tuzilgan shartnoma muhokamada
Xabaringiz bor, kecha "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati jamoa sardori Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor" klubiga qisqa muddatga, ya’ni 2 oyga ijaraga berilganini ma’lum qildi.
Bizning futbolda shunaqasi ham bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” himoyachisi “Bunyodkor”ga 2 oyga ijaraga berildi
Ushbu xabar saytimizda chop etilganidan so‘ng tvitterdagi sahifamizda ko‘pchilik o‘rtasida bahs munozaralar yuzaga keldi. Taniqli mutaxassis Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbayev ham ushbu voqelikka o‘z fikrini bildirar ekan transferlar kamida 6 oyga tuzilishi kerakligini bildirdi. "Kamida 6 oy - mavsum o‘rtasida transfer bo‘lsa, mavsum boshlanishida bo‘lsa - kamida mavsum oxirgacha bo‘lishi kerak", dedi Nikimbayev.
Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu mavzuni davom ettirar ekan quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
- Ushbu vaziyatni 2014 yilda Anvar G‘ofurov bilan bo‘lgan voqea bilan taqqoslamang. Keyin Anvar "Lokomotiv" bilan to‘liq shartnoma imzolagandi. Ammo OCHL pley-offidagi muvaffaqiyatsizlik va jamoada murabbiy almashtirilganidan so‘ng klub va o‘yinchi o‘zaro kelishuvga asosan bitimni bekor qilishdi. Bu esa G‘ofurovga "Bunyodkor"ga o‘tib, OCHL guruh bosqichida o‘ynash imkoniyatini berdi, - deya fikr bildirdi Nikimbayev.
Ushbu transferga bo‘lgan e’tibor va munosabatlarni ko‘rib turipsiz. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ushbu transferda FIFA reglamenti buzilgan bo‘lishi mumkin. Endi esa biz PFLdan vaziyatga oydinlik kiritishini kutib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?