18:56 / 08.01.2020
3 072

"Mash’al" ispaniyalik murabbiy bilan muzokara olib boryapti

"Mash’al" ispaniyalik murabbiy bilan muzokara olib boryapti
Superligaga qaytgan Muborakning «Mash’al» klubi o‘z qarorgohida yig‘inni boshladi. Ko‘pchilikni esa bosh murabbiy masalasi qiziqtirmoqda. Ma’lumki, pro-ligada jamoani boshqargan Asror Aliqulovda pro litsenziyasi yo‘q. Shu boisdan «Mash’al» rahbariyati bu borada izlanishlar olib borishmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiylikka xorijdan nomzod ham izlab ko‘rishmoqda va bu borada ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaraga ham kirishishgani borasida ma’lumotlar bor. Lekin hozircha bu masala ochiq turibdi. Chunki ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralar jarayonida ayrim masalalarni hal qilish lozim bo‘ladi.

«Mash’al» esa ism-familiyasi sir tutilayotgan mutaxassisga bosh murabbiylik uchun taklif yuborgan. Lekin hali yakuniy to‘xtamga kelingani yo‘q. Qolaversa, rahbariyat yana boshqa nomzodlar bo‘yicha ham muzokaralarga kirishishgani haqiqatga yaqinroq. Hozircha jamoa mashg‘ulotlarini Asror Aliqulov olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mash’al" ispaniyalik murabbiy bilan muzokara olib boryapti