18:42 / 09.01.2020
3 792

Eron OTJ ustozi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Eron OTJ ustozi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
Osiyo chempionati 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 - Eron U-23 uchrashuvi yakunlandi. Bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O‘yindan so‘ng eronliklar ustozi Hamid Estili bahs borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Har bir chempionatning 1-turi qiyin bo‘ladi. Biz turnirning amaldagi g‘olibi – O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshladik. Uchrashuv davomida yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Birinchi taymda xatomiz penaltiga olib keldi. Shogirdlarim yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ulardan mamnunman. Tanaffusdan so‘ng o‘zgarishlar qildik va bu bizga foyda berdi.

– Bir necha oy muqaddam Toshkentda 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan edingiz. Biroq bugun umuman boshqacha o‘yin namoyish etildi. Bunga qanday izoh berasiz?
– Musobaqaga tayyorgarlik jarayonida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Toshkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida asosan taktik jihatlarga e’tibor qaratgandik. Aynan shu sabab biz boshqacha o‘yin qila oldik. Bugun ko‘rib turibsiz o‘yinimiz qanchalik o‘zgarganini. Endi yanada kuchayishimiz kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron OTJ ustozi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?