
O‘zbekiston U-23 - Eron U-23 uchrashuvidan so‘ng terma jamoamizning yagona goliga mualliflik qilgan Islomjon Qobilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Har doim bunaqa musobaqada birinchi o‘yin hayojonli o‘tadi. Jamoalar bir-birini o‘rganib olishi uchun vaqt kerak. 15-20 daqiqadan so‘ng o‘z o‘yinimizni topib oldik. Dastlabki taym oxirlarida penaltidan hisobni ochdik.
Ikkinchi bo‘lim boshida xotirjamlikka berilib, darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Darvozamiz ishg‘ol etilganidan so‘ng yana o‘zimizga kelib oldik va o‘yinni qo‘lga olishga intildik.
Nima bo‘lgan taqdirda ham Eron Osiyoda yetakchi jamoalardan biri. Keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqishga intilamiz.
Ikki jamoada ham kamchilik va xatolar mavjud. Buni endi videoda ko‘rib, xulosa chiqaramiz.
Lyubinko Drulovich tanaffusda qanday topshiriq berdi? Murabbiyimiz birinchi taymdagidek to‘pni nazorat qilish va mashg‘ulotlardagi ko‘rsatmalarni bajarish kerakligini uqtirdi.
Avvalgi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlab chempionlikka erishgandik. Bugungi o‘yinda yutqazmadik. Xudo xohlasa hali hammasi yaxshi bo‘ladi degan umiddaman. Keyingi turda 3 ochko jamg‘arishga intilamiz, - dedi Islomjon Qobilov.
O‘zbekiston U-23Eron U-23Islomjon QobilovMusobaqa O‘yiniDarvozamiz GolGuruhdan Chiqish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar