
Ilk turda musobaqa mezboni Tailandga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan Bahrayn birinchi turda Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan Iroqa bilan to‘qnash keldi.
Uchashuvda Bahrayn so‘nggi daqiqalarga qadar 2:1 hisobida oldinda edi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada iroqlik Muhammad Nassif gol urib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi - 2:2.
Ushbu bahsdan so‘ng Iroq hisobidagi ochkolar 2taga yetdi, ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Bahrayn esa U-23 Osiyo chempoinatlaridagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.
BAHRAYN - IROQ 2:2
Gollar: Hoshim Sayid Isa 44, Muhammad Marhun 86 - Amir Al Ammari 65, Muhammad Nassif 90+2.
Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadigan Avstraliya - Tailand uchrashuvida agar musobaqa mezboni g‘olib bo‘lsa muddatdan avval chorak finalga yo‘l olishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar