
Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining A guruhi vakillari 11 yanvar, shanba kuni 2-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
Bahrayn olimpiya terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Hoshim Isa bahraynliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Amir al-Ammari hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida jamoalar yana bir martadan gol almashdi va yakunda murosa yo‘li tanlandi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida musobaqa mezboni Tailand terma jamoasi Avstraliya bilan o‘ynadi. Dastlab mezbonlar Anon Amornlertsakning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq «kengurular» bunga Nikolas Dagostinoning ikkita goli bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Avstraliya olimpiyachilari 2-turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan holda guruh peshqamiga aylandi. Tailand esa (3 ochko) mag‘lubiyatga qaramasdan ikkinchi pog‘onada qoldi. Iroq (2) va Bahrayn (1) mos ravishda keyingi o‘rinlarda bormoqda.
U23 OCH—2020
2-tur bahslari
A guruhi
Bahrayn — Iroq 2:2
Gollar: 1:0 — Hoshim Isa, 1:1 — 66 Amir al-Ammari, 2:1 — Muhammad Jasim, 2:2 — 90 Muhammad Qosim
Tailand — Avstraliya 1:2
Gollar: 1:0 — 24 Anon Amornlertsak, 1:1 — 43 Nikolas Dagostino, 1:2 — 76 Nikolas Dagostino
Mazkur kvartetdagi vaziyat esa quyidagicha:

“A” kvartetidagi so‘nggi, 3 tur bellashuvlari 14 yanvarga belgilangan va ular bir vaqtda boshlanadi.
18:15, Avstraliya – Bahrayn
18:15, Tailand – Iroq “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar