Boks bo‘yicha Olimpiada kumush medali sohibi va sobiq jahon chempioni, o‘z vaqtida hamyurtimiz Ruslan Chagayev bilan havaskor boksda to‘qnash kelib, mag‘lubiyatini tan olgan Sulton Ibragimov UFC yengil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ushbu vaznda Xabib hammaga eng yaxshi ekanligini isbotladi. Endi Fergyuson bilan jang qiladi.
Hamma Tonini murakkab raqib sifatida e’tirof etishmoqda. Lekin men bunday deb o‘ylamayman. AQSHlik jangchi Xabibga ortiqcha muammolar tug‘dira olmaydi.
Menga Fergyuson jangchi sifatida yoqadi. U Entoni Pettis bilan bo‘lgan jangni bir nafasda hal qilib qo‘ydi. Biroq, Xabib bilan bunday bo‘lmaydi. Nurmagomedov bo‘g‘ma ilonga o‘xshaydi. Ushlaydi va qo‘yib yubormaydi.
Menimcha Xabib mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettiradi. Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, yana bir yoki ikkita jangdan keyin faoliyatini yakunlashi kerak",- dedi Ibragimov.
Eslatib o‘tamiz: Xabib - Fergyuson jangi 18 aprel kuni Nyu-Yorkdagi UFC 249 turnirida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi