3 079
Abduvohid Ne’matov: “Xitoyga qarshi o‘yinda chiroyli g‘alaba bilan 3 ochko qo‘lga kiritishga va’da beramiz”
Shu kunlarda Tailandda futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligining ikkinchi tur uchrashuviga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Eronga qarshi ortda qolgan o‘yin ko‘p jihatdan yigitlarimizni xushyorlikka chaqirgani tabiiy. E’tiboringizga jamoamizning eng yosh vakili (18 yosh) bo‘lishiga qaramasdan asosiy tarkib darvozaboni bo‘lishga ulgurgan Abduvohid Ne’matov bilan o‘tgan suhbatni havola qilamiz:
– Birinchi o‘yindan jamoaning ko‘ngli to‘ldimi?
– Dastlabki o‘yinni durang bilan boshladik. Sezib turibmiz, butun xalqimiz bizdan bu o‘yinda g‘alaba kutishgan edi. Ammo o‘yin ancha qiyin kechdi. Yopiq o‘tgan o‘yin sabab o‘zimizning 100 foizlik o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Endi ikkinchi o‘yinda bor kuchimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
– Xitoy bilan o‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
– A’lo darajada. Hamma yigitlarning kayfiyati yaxshi. Har kuni videotasvirlar orqali raqibning ojiz va kuchli tomonlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Xitoyga qarshi o‘yinda chiroyli g‘alaba bilan 3 ochko qo‘lga kiritishga va’da beramiz.
– Yigitlarda sharoitlar, oziq-ovqatlar bo‘yicha kamchilik bo‘lmayaptimi?
– Aslo. Yaqin 1 hafta ichida bunaqa tomondan sira kamchilik ko‘rmadik. Bizni qo‘llab-quvvatlashga kelgan hamyurtlarimiz o‘zlari bilan bizga milliy ovqatlarimizni olib kelishgan. Qolaversa, har kuni o‘zbek taomlarini ham tayyorlab berishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Osiyo chempionati Tokio Olimpiadasi uchun yo‘llanma berishi unga bo‘lgan e’tiborni yana bir karra oshirmoqda. Ertaga guruh bosqichi doirasida Xitoyga qarshi kechadigan o‘yinimiz Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, “S” guruhidan joy olgan jamoamiz dastlabki tur eronlik tengqurlariga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etgan. Xitoyliklar esa Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni berishgan.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi