“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL 22-turida jamoasining “Liverpul”ga (0:1) uchragan mag‘lubiyatiga izoh berdi.
“Kecha biz yarim soat to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritganda himoyalanish borasida mashg‘ulotlar o‘tkazdik, ammo o‘yinda aynan “aut”dan to‘p tashlab berilgach kiritilgan gol bois mag‘lub bo‘ldik.
O‘ylashimcha, hakamlar yaxshi ishlashdi, ammo yordamchi hakamlardan biri darvozamizga kiritilgan gol boshlanayotgan hujum vaqtida Mane to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganini e’tibordan chetda qoldirdi.
Biz bu kabi kuchli jamoalarga qarshi kurashganda eyforiya bilan harakat qilishimiz kerak. O‘ylashimcha, biz yaxshiroq natijaga loyiq edik. Ikkinchi bo‘limda raqibga bosimni oshirdik, birinchisiga qaraganda agressivroq harakat qildik.
“Liverpul” “Manchester Siti”ni mag‘lub etganida, ular APLda chempion bo‘lishini bir necha oy ilgari aytib o‘tgandim.
Kechagi bahsda omad ochiqchasiga raqib tomonida bo‘ldi: ular to‘p o‘tkazib yuborishlari lozim bo‘lgan vaziyatlarda ham darvozalari daxlsizligi saqlanib qoldi, Robertson esa ikkinchi sariq kartochkani olishi ham mumkin edi”, dedi Mourinyu.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenhem” – “Liverpul” uchrashuvini Martin Atkinson boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi