15:50 / 12.01.2020
2 353

Botirali Ergashev: "Xitoy bilan o‘yinda olimpiya terma jamoamiz boshqacha o‘yin namoyish etadi deb o‘ylayman"

Botirali Ergashev: "Xitoy bilan o‘yinda olimpiya terma jamoamiz boshqacha o‘yin namoyish etadi deb o‘ylayman"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo Chempionati birinchi turida Eron bilan durang natija qayd etishgach tanqidlar va e’tirozlar ostida qoldi.
Aslida durang ham yomon emas, biroq namoyish etilgan o‘yin ko‘pchilikda salbiy fikrlarni uyg‘otdi. Bugun ikkinchi tur doirasida Xitoy olimpiya terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin muhim ahamiyat kasb etadi. Biz esa mas’uliyatli uchrashuvdan oldin olimpiya terma jamoamiz sobiq futbolchisi Botirali Ergashevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ilk turda barcha terma jamoalar qatori bizning olimpiya terma jamoamizda ham bosim va hayajon bor edi. Shuning hisobiga bolalarni o‘yini qovushmadi. Endi bundan buyog‘iga faqat g‘alaba qoniqtiradi. Xitoy bilan o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ikki yil avval biz ham turnirni qiyinchilik bilan boshlagan edik. Qatarga mag‘lub bo‘lganmiz. Qizig‘i hal qiluvchi Xitoy bilan o‘yinda g‘alaba qozondik. O‘zimizga bo‘lgan ishonch ortdi. Menimcha yigitlar ham tushunib turishibdi. Xudo xohlasa albatta g‘alaba qozonamiz. Eron bilan o‘yinga qaraganda boshqacha o‘yin ko‘ramiz deb o‘ylayman", - dedi Osiyo chempioni Botirali Ergashev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Botirali Ergashev: "Xitoy bilan o‘yinda olimpiya terma jamoamiz boshqacha o‘yin namoyish etadi deb o‘ylayman"