"Paxtakor" ertaga BAAning Abu Dabi amirligiga xorij yig‘ini o‘tkazish uchun jo‘nab ketadi.
BAAning Abu Dabi amirligida 15-30 yanvar kunlari yig‘in o‘tkazadigan "Sherlar" u yerda uchta bellashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. 20 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov", 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalari bilan o‘yinlar o‘tkaziladi. Yig‘in mobaynida jamoa Abu Dabidagi “Marriott” mehmonxonasida istiqomat qiladi.
BAAga yo‘l oladigan delegatsiya tarkibi quyidagicha:
Bosh murabbiy – Shota Arveladze, sport direktori – Ja’far Irismetov, texnik direktor – Sobir Xodiyev, murabbiylar – Piter Xyuistra, Gocha Tkebuchava, Jasur Abduraimov, Laslo Yambor, Ibrohim Yilmaz, ma’murlar – Shoyunus Shoqodirov, Adham Samigov, Doston Tolibjonov, shifokor – Umid Bahromov, massajchilar – Shavkat Yeryomin, Vitaliy Sizov, Akbar Shoyuqubov, operator – Hojiakbar Sharapov, ilmiy guruh – Sergey Malashtan, Yuriy Siyanov.
Futbolchilar – Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Umid Hamroyev, Aziz Isaqov, Vladimir Kozak, Sherzod A’zamov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimes, Umar Eshmurodov, Anzur Ismoilov, Akram Komilov, Alisher Salimov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Odil Hamrobekov, Sadriddin Abdullayev, Dragan Cheran, Humoyun Iminov, Jaloliddin Masharipov, Sardor Sobirxo‘jayev, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov, Asad Sobirjonov, Bahrom Abdurahimov, Diyor Xolmatov, Ruslan Roziyev, Igor Sergeyev, Shohruh Mahmudhojiyev, Ulug‘bek Hoshimov.
Hojiakbar Alijonov, Jasur Yaxshiboyev, Abror Ismoilov va Doston Ibrohimov Tailandda o‘tayotgan U-23 terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan so‘ng klub ixtiyoriga qaytishadi.
Manba: pakhtakor.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi