Bugun, 15 yanvar kuni Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionati—2020 musobaqasining 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. C guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Parallel o‘yinda Xitoy va Eron vakillari o‘zaro kuch sinashadi.
«Tammasat» stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi.
Guruhdan chiqish imkoniyatimiz qanday?
Ikkinchi turda Xitoy ustidan qozonilgan g‘alaba tabiiyki, imkoniyatimizni oshirib yubordi, ammo Islom Qobilov goldan keyin ishora qilganidek bayram qilishga hali erta. Taqvimning bizga qulay tarafi shu bo‘ldiki, guruh favoriti hisoblanayotgan Janubiy Koreya futbolchilari bilan biz so‘nggi turda, ya’ni ular pley-off masalasini rasman hal qilib bo‘lgan paytda o‘ynayapmiz. Albatta, guruh g‘olibi kim bo‘lish masalasi hali ochiq turibdi, lekin durang ham koreyslarni bemalol qoniqtiradi va bugungi o‘yinda o‘ta shiddatli to‘qnashuvni kutmasak ham bo‘ladi.
Xullas, agar Janubiy Koreyani mag‘lub etadigan bo‘lsak, 7 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni olib, pley-offga chiqamiz.
Agar ushbu uchrashuvda durang qayd etiladigan bo‘lsa ham, jadvaldagi o‘rnimizni saqlab qolamiz va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Ikki turdan keyin atigi bir ochkoga ega bo‘lgan Eron har qancha gol ursayam, uchinchi o‘rinda qoladi.
Agar Koreyadan mag‘lub bo‘lsakchi? Yuqorida koreyslarning bosimsiz o‘ynashini e’tirof etgandik, Eron terma jamoasiga ham xuddi shunday raqib ro‘baru kelmoqda. Xitoyliklar xuddi Yaponiya singari, keyingi bosqichga chiqa olmasliklari aniq bo‘lib ulgurdi. Demak, Eron Xitoy darvozasiga ko‘proq gol urishga harakat qiladi. Eronliklar biz Koreyaga mag‘lub bo‘lishimizni kutgan holda, to‘plar nisbatini yaxshilashga urinib ko‘rishlari turgan gap. Ana o‘shanda biz va Eronning ochkolari soni teng bo‘lib, reglament bo‘yicha to‘plar nisbatiga qaraladi. Sababi, o‘zaro o‘yin durang bilan yakunlangan.
Eron Xitoyni ikkidan ortiq to‘p farqi bilan mag‘lub etsa yoki biz Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lsak, to‘plar nisbatiga ko‘ra uchinchi o‘ringa tushib ketishimiz mumkin. Agar 3-turdan keyin bir xil to‘plar nisbati kuzatilsa, urilgan gollar soniga qaraladi. Urilgan gollar soni ham teng chiqadigan bo‘lsa, futbolchilarga ko‘rsatilgan sariq va qizil kartochkalar sanab chiqiladi.
Ikki turdan so‘ng, Eron olimpiyachilari 5 marta ogohlantirilgan. O‘zbekistonda atigi 2ta sariq kartochka bor. Agar so‘nggi o‘yin o‘ta tartibsiz kechmasa, bu borada Erondan ustun bo‘lib turibmiz. Demak, avvalo Koreyadan imkon qadar kamida bir ochko olishga urinish kerak. Mag‘lub bo‘lib ham imkoniyatimiz bor, lekin u holda Eron Xitoy darvozasiga ikkitadan ko‘p gol urmasligi talab etiladi.
Chorak finalda kim bilan o‘ynashimiz mumkin?
Nisbatan olganda, qiyinroq guruhda tushib qolganimiz bilan, chorak finalda bizni osonroq raqib kutib turishi haqiqatga yaqinroq. Har holda, Janubiy Koreya bilan guruhda o‘ynayapmiz, Avstraliya tushmaydi, shuningdek, maydon egalariga qarshi ham o‘ynamaymiz. Bu ham noqulay bo‘lar edi.
C guruhi g‘oliblari chorak finalda D guruhidagi omadli jamoalarga qarshi maydonga tushadi. U ikki turdan keyin BAA, Iordaniya va Vetnam jamoalari keyingi bosqichga chiqish uchun da’vogar bo‘lib turibdi. Bu jamoalardan qaysi biri ro‘baru kelsa ham bemalol o‘ynash, g‘alaba qozonish mumkin.
16 yanvar kuni uchinchi turda Iordaniya BAA bilan, Vetnam Shimoliy Koreya bilan o‘ynaydi. Agar yakuniy turdan keyin ham jamoalar o‘z o‘rnilarida qolishsa, yarim final yo‘llanmasi uchun Iordaniya yoki BAAga qarshi o‘ynaladi.
Terma jamoalar murabbiylari o‘yin uchun boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qilishdi. Drulovich ikkinchi turda Xitoyga qarshi o‘ynagan tarkibda o‘zgartirish qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi