20:38 / 16.01.2020
2 258

Fevral oyida qaysi o‘zbekistonlik bokschilar jang qiladi?

Fevral oyida qaysi o‘zbekistonlik bokschilar jang qiladi?
Joriy yilning dastlabki oylarida bir qator professional bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazishadi. Avvalroq, yanvar oyida navbatdagi janglarini o‘tkazadigan yurtdoshlarimiz haqida xabar berib o‘tgan edik. Bu safar esa, fevral oyida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan janglar haqida ma’lumot bermoqchimiz. Demak:

1 fevral, Xonobod (Andijon)
Jasurbek Latipov – TBA

Ushbu bokschimiz xavaskor boksda eng sovrindorlardan biri sanaladi. Mazkur jang uning professional yo‘nalishdagi debyuti bo‘ladi. Uning muhim jangdagi raqibi tez orada ma’lum bo‘ladi.

Dostonbek Turdiyev – Elvin Oxunzoda (Ozarbayjon)
Eski tanishlar... Ular oktabr oyida Toshkentda o‘zaro to‘qnash kelishgan va unda Turdiyev ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi. Bu o‘ziga xos revansh jangi hisoblanadi.

Abdulaziz Najmiddinov – TBA
Yosh bokschimiz professional ringda g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. Kelajakda u yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Uning mazkur jangdagi raqibiga tez orada oydinlik kiritiladi.

Otabek Turdixo‘jayev – Karen Avetisyan (Rossiya)
Tajribali, faoliyati mobaynida 40 dan oshiq jang o‘tkazgan bokschiga qarshi debyutini nishonlaydigan Otabekdan ham yaxshi natija kutib qolamiz.

Timur Merjanov – TBA
O‘smirlar o‘rtasida Olimpiada sovrindori bo‘lgan ushbu yosh bokschimiz professional boks olamiga kirib kelmoqda. Hozircha raqib aniq emas. Lekin muzokaralar davom etmoqda. Tez orada bunga ham aniqlik kiritiladi.

1 fevral, Kaliningrad (Rossiya)
Rustam To‘laganov – Norberto Dobrovskiy (Polsha)

Rio Olimpiadasi sovrindori uzoq tanaffusdan so‘ng, yana professional boksga qaytib, dastlabki jangida muddatidan avval g‘alaba qozongandi. Bu safar ham undan zafarlar kutib qolamiz.

Odil Arslonov -Jimmi Veyeb (JAR)
2019 yil O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Odiljonning ikkinchi jangi juda kuchli raqib bilan bo‘ladi. Janubiy afrikalik charmqo‘lqop ustasi mag‘lubiyatsiz odimlagan holda, 6 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Shunday bo‘lsada, yurtdoshimizning salohiyatiga shubha qilmaymiz. Garchi, u ikinchi jangini o‘tkazsada, uning g‘alabasiga ishonib qolamiz.

Ulug‘bek Mubinov – Srdjan Govedaritsa (Bosniya va Gersegovina)
Avvalgi yili +91 kg da mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Ulug‘bek ham ushbu sanada professional yo‘nalishdagi debyut jangini o‘tkazadi. Albatta, mahoratli charmqo‘lqop ustasi bo‘lgan hamyurtimizning g‘alabasiga umid qilamiz.

8 fevral, Filippin
Abdulhay Shorahmatov – Benji Ebido (Filippin)

Abdulhay ham professional yo‘nalishda o‘z debyutini nishonlaydi. Havaskor boksdagi faoliyati yomon chiqmadi. O‘z vazn toifasida yurtimizning kuchli bokschilari sifatida e’tirof etilib keldi. Endi epopeyani professional yo‘nalishda boshlamoqchi.

14 fevral, AQSH
Bektemir Meliqo‘ziyev – TBA

Bu bokschimiz haqida ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q. Hozirda ushbu sanada jang qilishi belgilangan. Lekin raqib hali ma’lum emas. Aslida unga raqibning farqi yo‘q desak ham yanglishmagan bo‘lamiz.

Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevral oyida qaysi o‘zbekistonlik bokschilar jang qiladi?