Biroz avval saytimizda Ro‘ziqul Berdiyev Tailandga chaqirtirilgani borasida xabar chop etilgandi. Ushbu ma’lumotni aniqlashtirish maqsadida O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziyevga murojaat qildik va quyidagi javobni oldik.
- Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov borasidagi xabarlarga oydinlik kiritib ketmoqchiman. Ular haqiqatdan ham Tailandga tashrif buyuradi. Biroq murabbiylar shtabiga emas, rasman jamoada ishlash yoki tayyorgarlik jarayonida ishtirok etish uchun emas, shunchaki o‘z shogirdlarining o‘yinlarini stadiondan turib kuzatib borish hamda ularni ruhan qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelishni reja qilishgan, - dedi O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziyev.
Xabaringiz bor O‘zbekiston olimpiya jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo‘l olgan. Vakillarimiz ushbu bosqichda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg‘ona, Namangan kabi ko‘plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo‘qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu o‘zbek futboli muxlislarining o‘ziga xos yangi to‘lqini, milliy sport g‘oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi tarkibida «Nasaf» (10) va «Bunyodkor» (5) klublarining o‘yinchilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Berdiyev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka yetib kelishadi.
Ta’kidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiyev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o‘z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda» - deya yoziladi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi