Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda va bir qator xorijlik hamda mahalliy futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. 16 yanvar kuni “Navbahor” safiga yana bir legioner qo‘shildi.
Bu turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov bo‘lib, u 1992 yil 26 yanvarda tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orazsaxedov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Rubin” (Qozon), “Nefteximik” (Nijnekamsk), “Rostov” (Rostov), Moldovaning “Dachiya” (Kishinyov), Turkiyaning “Osmonlispor” (Anqara), Ozarbayjonning “Sabail” (Boku), Turkmanistonning SSKA (Ashxobod), “Oltin asr” (Ashxobod) hamda “Axal” (Axal) klublarida to‘p surgan.
O‘tgan mavsumni esa Qirg‘izistonning “Dordoy” (Bishkek) jamoasida o‘tkazib, 28ta o‘yinda 20ta gol urib, Qirg‘iziston premer-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, Vaxit Orazsaxedov o‘z paytida Turkmaniston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida o‘ynagan. 2016 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to‘p surmoqda. Turkmanistonlik hujumchi “lochinlar”ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
Manba: "Navbahor" PFK matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi