
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi mavsumda ham jamoadan ketishni xohlamasligini ma’lum qildi.
"Men buni ko‘p bora aytganman, agar klub meni iste’foga chiqarmasa, men ham ketmayman. Ha, 100%, bu yerda ishimni davom ettiraman.
Albatta bu so‘nggi ikki o‘yinda g‘alaba qozonganimiz va so‘nggi bir necha oy ichida yaxshi o‘ynaganimiz uchun emas.
Menga futbolchilar bilan ishlash yoqadi, lekin ishlar yomonlashib, hatto CHLda ham muvaffaqiyat qozona olmagan taqdirimizda ham ketmayman", - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"ni 2016 yildan beri boshqarib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar