
"Bugun Eron futbol Federatsiyasi Ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakat klublarining Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Agar OFK Eron klublariga uy o‘yinlarini Eron hududida o‘tkazishga ruxsat bermasa forslar OCHLdan voz kechishlari mumkin.
Ushbu holat yuz bersa OCHL-2020 guruhlari butkul boshqacha ko‘rinish oladi", - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Eronning "Shahr Xodro" va "Istiqlol" klublari pley-offda ishtirok etishlari, "Persepolis" va "Sepaxon" esa guruh bosqichida qatnashishlar lozim.
Oxirgi ikki mavsumda Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ziddiyat tufayli ushbu davlat klublari o‘rtasidagi o‘yinlar neytral maydonlarda o‘tkazib kelinayotgan edi. 2020 yilda Eron Saudiya Arabistoni klublariga qarshi uy o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazmoqchi ekanligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar ham chiqqan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar