“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha Angliya futbolida o‘yinlar soni juda ham ko‘p va ularni qisqartirish kerak.
“Qaror qabul qilish kerak. Mavsumni 400 kunga mo‘ljallab tuzib chiqish yoki ayrim musobaqalarni olib tashlash kerak. Ular butunlay olib tashlansagina o‘yinlar soni kamayadi. Kamroq o‘yinlar, kamroq musobaqalar va kamroq jamoalar sifatni oshiradi. Va ishonamanki bu muxlislarga yoqadi.
Germaniya va Ispaniyada o‘yinlar kam, bu yerga nisbatan solishtirganda ancha kam. Bundesligada 20 ta jamoa emas 18 ta jamoa, 2 ta kubok emas 1 ta kubok bor. Kubok bosqichlarida 2 ta emas 1 ta o‘yin bo‘ladi. Bu juda katta farq. Ular bundan zavqlanishadi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Siti” o‘tgan mavsum Angliyada jami 61 ta o‘yin o‘tkazdi va ichki musobaqalarning barchasida zafar quchdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi