17:45 / 22.01.2020
2 496

Bosim Qosim: "Bugun yirik hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emas edik"

Bosim Qosim: "Bugun yirik hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emas edik"
OCHL-2020 saralashi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al Zavra" (4:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Bosim Qosim ishtirok etdi.
- Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan keyin "Al Zavra" bugun g‘alaba qozonishi mumkin degan xayolga kelish mumkin edi. Biroq bittagina xato qimmatga tushdi. Penaltidan keyin o‘yin o‘zgarib ketdi. Shundan so‘ng ham harakat qildik, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida qilingan xato o‘yinimizni butunlay "sinishiga" olib keldi. Bu goldan so‘ng o‘yinni "tashlab" yubordik. Biroq aytishim mumkin, bugun bunday yirik hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emas edik. "Bunyodkor"ni g‘alaba va navbatdagi bosqich yo‘llanmasi bilan tabriklayman!

- Haqiqatdan ham bugungi uchrashuvga tayyor emas edik. Chunki uch oylik tanaffus katta muddat. Tarkibdagi futbolchilarni yarmi bugungi bahsga tayyormasligi ikkinchi bo‘limda ham sezildi. Yigitlarni jismoniy holati pand berdi. Kecha matbuot anjumanida aytganim taktik o‘yin emas, rost gap edi.

- "Bunyodkor" jamoaviy o‘yin tashkil qilgan. Butun jamoa bir bo‘lib o‘ynadi. Anvar G‘ofurov va Lutfulla To‘rayev ularning yetakchisi sanaladi. Bugun ham bu yaqqol sezildi.

- Tarkibimizda Iroq terma jamoasida o‘ynaydigan ikki nafar futbolchi bor edi. Biri darvozabon, ikkinchisi olti oylik jarohatini davolatib safga qo‘shilgan o‘yinchimiz. O‘ng qanotdagi himoyachimiz jarohatdan so‘ng qaytgan bo‘lsada yomon harakat qilmadi. Darvozabonga o‘tkazib yuborilgan gollar uchun e’tiroz yo‘q. Chunki gollarda himoyachilar ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bosim Qosim: "Bugun yirik hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emas edik"