18:10 / 22.01.2020
2 649

Lyubinko Drulovich: “Kelasi uchrashuvga borimizni berib tayyorlanamiz”

Lyubinko Drulovich: “Kelasi uchrashuvga borimizni berib tayyorlanamiz”
Biroz avval yakuniga yetgan Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng matubot-anjumani o‘tkazildi. Anjumanga dastlab terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich keldi.
“Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Dam olish uchun kam kun bo‘lgani baribir o‘z so‘zini aytdi. Lekin bugun yomon o‘ynamadik. Ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Birgina Bobir Abduxoliqovda 3 ta yaxshi vaziyat bo‘ldi. Afsuski, foydalana olmadik. O‘yin oxiri raqib uchun omadli o‘tdi. Saudiyaliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Endi kelgusi o‘yinlarga yaxshi tayyorlanishga harakat qilaman”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– 1 yildan beri O‘zbekiston terma jamoasidasiz. Nima deb o‘ylaymiz, nega Milliy terma jamoamiz ham, yoshlarimiz ham o‘yin oxirida imkoniyatni boy berib qo‘ymoqda?
– Bilmadim. Bunga izoh berish qiyin. Bugungi o‘yindagidek birgina xato vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Futbol shunisi bilan ham boshqa sportlardan farq qiladi. Bugungi o‘yin o‘tib bo‘ldi. Endi buni unutgan holda bor e’tiborimizni keyingi bahsga qaratamiz.

– Bugun mag‘lubiyat bo‘lsa-da, Olimpiada yo‘llanmasi uchun imkon bor. Yigitlarni tayyorlashga ulgurasizmi?
– Avvalo, natijaga erishish uchun o‘zimizni ishontira olishimiz kerak. Endi keyingi o‘yinga borimizni berib tayyorlanamiz. Hozir yigitlarni ham ruhiy jihatdan tayyorlash kerak. Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritish O‘zbekiston uchun qanday muhim ahamiyat kasb etishini tushunib turibmiz. Nasib qilsa, kelasi uchrashuvda bu ishonchni oqlaymiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lyubinko Drulovich: “Kelasi uchrashuvga borimizni berib tayyorlanamiz”