Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi OCHL saralash boqichida Iroqning “Al Zavra” jamoasini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Yakunda ushbu g‘alaba “qaldirg‘ochlar”ga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng, maydonda faol harakatlari bilan g‘alabaga munosib ulush qo‘shgan Jasur Jaloliddinov o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Muhimi o‘ylagan maqsadimizga erishdik. Uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Yangi qo‘shilgan futbolchilar jamoamizga moslashib ketishdi. Raqib kuchli ekanligini bilar edik. Shunga yarasha hozirlik olib bordik. Biz bugun deyarli Iroq terma jamoasiga qarshi o‘ynadik. Bugungi g‘alabani unutamiz va keyingi bahsga tayyorlanamiz. Guruh bosqichiga chiqish uchun borimizni beramiz. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Keyingi bosqichda qiyin bo‘lishini bilamiz. Murabbiyimiz hech qanday raqibdan qo‘rqmaydi va shu narsani futbolchilarga ham singdira olgan”, - dedi yosh futbolchi Jasur Jaloliddinov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi