
Osiyo chempionati (U23) yarim finali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasini mag‘lub etib, Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan Saudiya Arabistoni olimpiyachilari Saudiya Qirolligi tomonidan mukofotlanadi.
«Futbolium» kanalining yozishicha, Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz ibn Turki mamlakat olimpiya jamoasining har bir futbolchisini 53 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlash haqida qaror chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston (1:0) uchrashuvidan keyin raqiblarimiz bosh murabbiyi Saad Ash-Shehri Saudiya Arabistoni Olimpiada yo‘llanmasini 24 yildan buyon kutayotganligi haqida gapirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar