
Bir necha soat avval 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Avstraliya va O‘zbekiston o‘zaro bahs olib bordi. O‘yinda "kengurular" ikkinchi taym boshida kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozonishdi va Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Uchrashuvdan so‘ng taniili sharhlovchi Xayrulla Hamidov ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
- O‘zbekiston yo‘llanma uchun deyilsa, Nepalniyam yengolmaydi menimcha. Bosim tushsa, bo‘ldi, uxlarkanmiz.
Yaponiya guruhdan chiqqanda, amirlikka yutqazardik...
Ikki yil oldin shuning uchun chempion bo‘lolganmiz. O‘rtaga yo‘llanma tikilsin edi, koreyslardan yerdik. Shunaqamiz, - dedi Xayrulla Hamidov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar