Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Farmonga ko‘ra, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.
2020 yil 1 fevraldan:
- Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar budjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
“Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi:
- g‘oliblariga (1-o‘rin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;
- g‘olib va sovrindorlarni (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o‘rin uchun – 4 baravari, 3-o‘rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
- maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
- olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dotsent, professor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi