Ernan Krespo Argentina klubi bosh murabbiyiga aylandi

Ernan Krespo Argentina klubi bosh murabbiyiga aylandi
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Ernan Krespo "Defensa va Xustisiya" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
44 yoshli mutaxassis Argentina klubida Mariano Sosoning o‘rnini egalladi. Ushbu bitim tafsilotlari oshkor qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, Krespo futbolchilik faoliyatini asosan A Seriya klublari "Parma", "Inter" va "Latsio" kabi klublarda o‘tkazgan.
Sobiq hujumchi Argentina terma jamoasi libosida esa 64 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol kiritishni uddalagan.
Ernan Krespo Argentina klubi bosh murabbiyiga aylandi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar