Tojikistonning «Istiqlol» jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining pley-off doirasidagi ikkinchi saralash bosqichida Toshkentda «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozonib, Andrey Fyodorov jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi. Endi esa «Istiqlol»ni 28 yanvarda Saudiya Arabistonida «Al Ahli»ga qarshi jiddiy uchrashuv kutmoqda va g‘olib jamoa chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqadi.
«Loko»ga qarshi uchrashuvda «Istiqlol»ning asosiy tarkibida serbiyalik himoyachi Marko Milich to‘p surdi va uning boshchiligidagi mudofaa chizig‘i vakillari mezbonlar uchun deyarli imkoniyat qoldirishmadi. Yodingizda bo‘lsa, Milich o‘tgan mavsumda «Qo‘qon-1912» tarkibida 23 ta uchrashuvda to‘p surgan. Endi esa «Istiqlol» bilan Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida o‘ynayapti.
- Tan olish kerak, «Lokomotiv»ning o‘z maydonida yutqazishini kutmagandik. «Istiqlol»ning g‘alabasi esa sensatsiya sifatida baholanyapti. Siz ham shu fikrga qo‘shilasizmi?
- Bilasizmi, «Lokomotiv»ni mag‘lubiyatga uchratganimiz Tojikistonda tarixiy g‘alaba hisoblanadi. O‘tgan yili «Qo‘qon-1912» safida «Lokomotiv»ga qarshi o‘ynaganman. Shuning uchun bu raqibning qanday o‘yin ko‘rsatishini bilardim. Shuni inobatga olib murabbiyimiz ham mendan raqib haqida bir-ikkita ma’lumotlarni so‘ragandi. Shunga qarab ham bosh murabbiyimiz taktika tanladi deb o‘ylayman. Umuman aytganda, biz to‘g‘ri taktika qo‘llaganimiz uchun g‘alaba qozondik.
- To‘g‘ri aytasiz, siz o‘tgan yili «Qo‘qon-1912» tarkibida «Lokomotiv»ga qarshi o‘ynagansiz. Shunday ekan, ularning ojiz nuqtasi qayerda?
- «Lokomotiv»ning kuchsiz tomonimi? Ularning himoya chizig‘i kuchsiz.
- Endi esa «Istiqlol»ni oldinda «Lokomotiv»dan ko‘ra o‘ta murakkab uchrashuv kutib turibdi. Saudiyada «Al Ahli»ni qanday mag‘lub etmoqchisizlar?
- To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, «Al Ahli» jamoasi haqida hech nima bilmayman. Shu bois bo‘lajak raqibning qanday o‘yin ko‘rsatishidan ham bexabarman. Albatta, ushbu o‘yingacha vaqtimiz bo‘ldi va biz jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Endilikda murabbiylarimiz bo‘lajak raqibni o‘rganishyapti. Shuni unutmaslik kerakki, bu – futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
- O‘tgan yili «Qo‘qon-1912»da to‘p surganingizni muxlislar yaxshi bilishadi. Ayting-chi, sobiq jamoangiz bilan «Istiqlol»ning darajalari sezilyaptimi?
- «Istiqlol» - bu faqat chempionlik uchun kurashadigan klub. Shuningdek, ularning tarkibidagi 5-6 nafar futbolchi Tojikiston milliy terma jamoasida ham to‘p surishadi. Menimcha, «Istiqlol» kuchliroq. Albatta, Qo‘qonda ham yaxshi jamoa bor. Ayniqsa, «Qo‘qon-1912»ning ikki yil oldingi tarkibi kuchliroq bo‘lgan.
- Ammo Tojikiston chempionatining saviyasi biznikichalik emas…
- Men hali ichki chempionatida o‘ynaganim yo‘q. Hozircha «Istiqlol» tarkibida faqat Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushdim xolos. Lekin ko‘pchilik O‘zbekiston chempionatini Tojikistonnikidan kuchli deb aytishyapti. Qani ko‘ramiz-da, avval u yerda o‘ynab ko‘raychi, keyin fikrimni aytaman.
- Sizga yana boshqa klublarimizdan ham takliflar bo‘lganmidi?
- Ha, O‘zbekistonda men uchun ikki-uchta takliflar bor edi. Ammo o‘zimni yangi chempionatda sinab ko‘rmoqchi edim. Rostini aytadigan bo‘lsam, Tojikistonda doim chempionlik uchun kurashadigan va aynan ushbu ruh ostida o‘ynaydigan jamoaga qiziqib keldim.
- Yangi klubga moslashuv qanday ketmoqda? U yerdagi muhit va futbolga e’tibor qanday ekan?
- Munosabatlar qoniqarli. U yerda ham yaxshi o‘yinchilar yig‘ilgan. Ochig‘i, u yerda o‘zimni xuddi o‘z uyimdagidek his qilyapman. Vaholanki, bu yerga kelganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramasdan, o‘zimni juda erkin va qulay his qilyapman. Meni yaxshi kutib olishgani uchun barchaga rahmat aytmoqchiman.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin