O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi matbuot xizmati 2020 yilgi O‘zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.
2020 yilgi Superliga, Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o‘zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o‘z xodimlari ro‘yxati kiritilgan arizani 3 fevral kunidan 21 fevralgacha O‘zPFL matbuot xizmati elektron pochtasi ([email protected])ga jo‘natishlari talab etiladi.
Akkreditatsiyaga ariza berish na’munasi va talablari bilan O‘zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo‘limidagi «Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi» faylini ko‘chirib olish orqali tanishish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2013 yilda O‘zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berish jarayonida e’tibor qaratiladigan jihatlar batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.
Qayd etish joiz, akkreditatsiya sportga ixtisoslashgan internet-nashrlari xodimlariga nashrning O‘zbekiston qonunchiligiga asosan rasman ro‘yxatdan o‘tganligi va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000 dan ortiq bo‘lishiga qarab berilishi ko‘zda tutilgan.
Manba: O‘zPFL rasmiy sayti “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»